Donald Trampning vakili Netanyaxu bilan keskin muzokaralar olib borgan va undan 20-yanvargacha garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lishni talab qilgan.
Bu haqda ikki manba xabar berdi, deb yozadi The Times of israel.
Bosim natija berdi: hafta oxirida muzokaralardagi asosiy kelishmovchiliklar hal qilindi.
Netanyaxuga yaqin bo‘lgan jurnalist Ariyel Segal AQSh bilan kelishuvni tanqid qildi:
Trampning saylanishi uchun birinchi bo‘lib biz "to‘ladik". Bizni esa shartnomani qabul qilishga majbur qilishdi.
Menimcha, bu biz rejalashtirgan va kutgan narsa emas. G‘azo shimolidagi nazoratni qo‘lga kiritib, insonparvarlik yordamini to‘sib qo‘yishga erishishni kutgandik.
Ariyel Segal – isroil bosqinchilari jurnalisti, Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga yaqin. U turli media platformalarda ishlagan, shu jumladan i24NEWS'da.