AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni G‘azoda boshqaruv va tiklanish jarayonlarini nazorat qilish hamda global mojarolarni hal etishni maqsad qilgan “tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga taklif qildi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Moskva Vashingtondan kelgan taklifning “barcha nyuanslarini aniqlash” ustida ish olib bormoqda. Putinning taklifga rozi yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
Taklif Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi to‘rtinchi yilga yaqinlashib, tinchlik kelishuvi bo‘yicha noaniqlik saqlanayotgan bir paytda yangradi. Xabarlarga ko‘ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham ushbu kengashga qo‘shilish uchun taklif olgan.
Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, “tinchlik kengashi”ga Trampning o‘zi raislik qiladi va unga turli davlatlar rahbarlari hamda nufuzli shaxslar jalb etilmoqda.