AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan "ajoyib" suhbat o‘tkazganini aytdi.
Bu haqda Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Putin Rossiya-Ukraina mojarosini tugatishdan manfaatdor.
"Putin kelishuvga erishmoqchi. Agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham kelishuvga erishmoqchi bo‘lsa, bu juda yaxshi bo‘lar edi", dedi Amerika yetakchisi.
Tramp shuningdek, Rossiya prezidenti bilan yangi ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishni istisno qilmadi: "Biz yaxshi suhbatlashdik. Bu sodir bo‘lishi mumkin".