Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Tramp: "Putin ham xuddi men kabi, Isroil va Eron o‘rtasidagi bu urush tugashi kerak deb hisoblaydi"

Tramp: "Putin ham xuddi men kabi, Isroil va Eron o‘rtasidagi bu urush tugashi kerak deb hisoblaydi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Eron atrofidagi vaziyatni batafsil muhokama qilganini va Ukraina masalasiga ham to‘xtalganini aytdi.

Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

"Prezident Putin bugun ertalab menga qo‘ng‘iroq qilib, tug‘ilgan kunim bilan juda mehr bilan tabrikladi, bundan ham muhimi, o‘zi juda yaxshi biladigan Eron haqida gapirdi. Biz juda batafsil gaplashdik. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyatga ancha kam vaqt ajratildi", — dedi Amerika rahbari.

Putin bilan telefon suhbatidan so‘ng Tramp Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaroga barham berish zarurligi borasida u bilan hamfikr ekanini aytdi.

"U ham xuddi men kabi, Isroil va Eron o‘rtasidagi bu urush tugashi kerak deb hisoblaydi. Men esa uning urushi ham tugashi kerakligini tushuntirdim", - deydi Tramp.

Kiritildi: 08:25 15.06.2025. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!