AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashmaguncha, Rossiya-Ukraina mojarosi bo‘yicha muzokaralarda hech qanday taraqqiyot bo‘lmasligini aytdi.
Bu haqda hozirda Dubayga uchayotgan prezident samolyoti bortida jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Putin va men uchrashgunimizcha hech narsa bo‘lmaydi", - dedi u Rossiya va Ukraina delegasiyalarining bugun Istanbulda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvni sharhlar ekan.
Tramp, shuningdek, Rossiya delegasiyasining Istanbuldagi tarkibidan hafsalasi pir emasligini, lekin bu haqda hech qanday ma’lumotga ega emasligini ta’kidladi.