Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Nyu-Yorkning yangi meri etib saylangan Zohran Mamdani bilan uchrashmoqchi

Tramp Nyu-Yorkning yangi meri etib saylangan Zohran Mamdani bilan uchrashmoqchi

Bu haqda AQSh prezidenti o‘zining Truth Social sahifasida ma’lum qildi.

"Nyu-York shahrining kommunist meri Mamdani uchrashishni so‘radi. Biz ushbu uchrashuv 21 noyabr kuni Oval kabinetda bo‘lib o‘tishiga kelishib oldik. Batafsil ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi", — deya yozdi Tramp.

Donald Tramp ochiqchasiga Zohran Mamdanini tanqid qilib keladi. U hatto Mamdani g‘alaba qozongan taqdirda Nyu-Yorkka qo‘shimcha federal mablag‘ ajratmasligini aytgan. Shuningdek, prezident uni "kommunist va aqldan ozgan", deb atagan.

Kiritildi: 21:40 20.11.2025. O'qildi: 377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!