Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Netanyahuning harakatlaridan xafsalasi pir bo‘lmoqda

Tramp Netanyahuning harakatlaridan xafsalasi pir bo‘lmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning harakatlaridan chuqur xafsalasi pir bo‘lgan. Bu haqda Israel Hayom nashri Trampga yaqin manbalarga tayanib xabar berdi.

Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp va Netanyahu o‘rtasidagi munosabatlar juda yomonlashgan va tarixiy past darajaga tushib ketgan.

Nashrga ko‘ra, yopiq suhbatlar chog‘ida Tramp Yaqin Sharqda o‘z tashabbuslarini amalga oshirish niyatida ekanini va bu borada Isroil harakatlariga bog‘liq bo‘lib qolishni istamasligini ta’kidlagan.

Xususan, Saudiya Arabistoni bilan ehtimoliy kelishuvlar doirasida u Isroilni asosiy hamkor sifatida ko‘rishni istagan. Biroq Trampning fikricha, Netanyahu kerakli qarorlarni qabul qilishni kechiktirayotgan bo‘lib, bu jarayonga to‘siq bo‘lmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Tramp Isroil rahbariyatining, jumladan, Eronning yadroviy dasturiga nisbatan Vashingtondan qattiqroq choralar ko‘rishni talab qilib bosim o‘tkazish urinishlaridan ham mamnun emas.

Umuman olganda, har ikkkisi Falastin yerlaridan usmidvor.

Kiritildi: 20:59 08.05.2025. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!