Alyans ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda uning a’zolaridan hech biri yalpi ichki mahsulotning 5 foizini mudofaaga sarflamaydi. Eng ko‘p pul sarflagan Polsha - 4,12%, Estoniya (3,43%) va AQSh (3,38%). Italiya 2024 yilda mudofaaga yalpi ichki mahsulotning atigi 1,49 foizini, Fransiya - 2,06 foizini, Germaniya - 2,12 foizini, Buyuk Britaniya - 2,33 foizini ajratdi.
Donald Tramp yaqinda NATO davlatlari yalpi ichki mahsulotning 5 foizini mudofaaga ajratishi kerakligini aytdi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorus bu ko‘rsatkichni juda yuqori deb atadi. Tahlilchilarning DW nashriga aytishicha, hozirgi iqtisodiy sharoitda bu hatto nisbatan boy NATO davlatlari uchun ham mumkin emas.
🔹Xorijiy aloqalar bo‘yicha Yevropa kengashi ilmiy xodimi Rafael Loss Trampning maqsadi 5% talab qilish, lekin 3,5%ga rozi bo‘lish, deb hisoblaydi. “Mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 3,5 foizigacha oshirish yevropaliklar uchun realroq tuyulishi mumkin.
🔹AQShning German Marshall Jamg‘armasining Bryussel bo‘limi rahbari Yan Lesser Trampning talabini "debyut gambiti" deb ataydi, shuningdek, u kamroqqa rozi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. "Ammo 3% yoki 3,5% ham ko‘p NATO a’zolari uchun juda ko‘p bo‘ladi", dedi Lesser.