Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp YouTube'dagi Impaulsive kanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatda bo‘lganini aytdi.
«Menimcha, Putin bilan munosabatlar juda yaxshi. Garchi men juda qattiqqo‘l bo‘lsam ham», dedi Tramp.
Shu bilan birga, sobiq prezident Xitoy rahbari Si Szinpinni ham hurmat qilishini qo‘shimcha qildi.
«Qiziqki, menga kuchlilar bilan munosabatlar o‘rnatish kuchsizlarga qaraganda ancha oson», — dedi Tramp.