Bugun 8 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "Men Ukrainaga bormayman"

Tramp: "Men Ukrainaga bormayman"

AQSh prezidenti Donald Tramp ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan kelasi hafta Vashingtonda bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan uchrashuv o‘tkazishni kutmoqda.

Bu haqda Amerika yetakchisi Oq uyda Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba bilan muzokaralar boshlanishidan oldin jurnalistlarga ma’lum qilgan.

"Men, ehtimol, kelasi hafta prezident Zelenskiy bilan uchrashaman va ehtimol, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashaman. Zelenskiy kelasi hafta men bilan uchrashishi mumkin. U nimani afzal ko‘rsa, men shu yerdaman", deb ta’kidladi Tramp.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy bilan uchrashuv "Vashingtonda bo‘lishi mumkin".

"Men u Ukrainaga bormayman", deb xulosa qildi u.

Kiritildi: Bugun 00:13. O'qildi: 1372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!