AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga bo‘lgan hurmat va rus xalqiga mehr-muhabbatga qaramay, agar tomonlar Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishmasa, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar va tariflarni joriy etishga majbur bo‘lishini aytdi.
“Men Rossiyaga zarar yetkazishni xohlamayman. Men rus xalqini yaxshi ko‘raman va har doim prezident Putin bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganman”, deb ishontirdi saylangan prezident.
“Agar biz “kelishuv”ga erishmasak va yaqin orada Rossiya AQSh va boshqa ishtirokchi davlatlarga sotgan barcha narsaga yuqori soliqlar, bojlar va sanksiyalar joriy qilishdan boshqa choram qolmaydi”, deb yozgan Tramp. "Agar men prezident bo‘lganimda hech qachon boshlanmagan" urushni tugatish.
Tramp Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasini ham eslatib o‘tdi: “Rossiya bizga deyarli 60 000 000 jon evaziga Ikkinchi Jahon urushida g‘alaba qozonishimizga yordam berganini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bularning barchasini yodda tutgan holda, men iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutayotgan Rossiyaga va prezident Putinga juda katta yaxshilik qilmoqchiman. Hozir rozi bo‘ling va bu bema’ni urushni to‘xtating! ”.