Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tramp maxfiy hujjatlarni saqlagani uchun 400 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Tramp maxfiy hujjatlarni saqlagani uchun 400 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Bu haqda Mayami sudi tomonidan e’lon qilingan ayblov xulosasi matnida aytilgan.

31 ta band bo‘yicha har biri uchun Tramp 10 yilgacha qamoq jazosi va 250 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin. Yana 4 ta band bo‘yicha har biri uchun — 20 yilgacha qamoq va 250 ming dollargacha jarima. Yana 2 ta band bo‘yicha har biri uchun — 5 yilgacha qamoq jazosi va 250 ming dollargacha jarima.

Yakuniy jazo barcha shartlarni qo‘shib belgilanishi mumkin. Shu bilan birga, Trampga qo‘yilgan ayblovlarning birortasida ham eng kam qamoq muddati yoki minimal jarima nazarda tutilmagan.

Shuningdek, sud ayblovida aytilishicha, Tramp saqlagan maxfiy hujjatlarda AQSh yadroviy dasturlari haqidagi ma’lumotlar ham mavjud.

Kiritildi: 00:18 10.06.2023. O'qildi: 2869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!