Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp ma’muriyatining Grenlandiyaga tashrifi xalqaro janjalga sabab bo‘ldi

Tramp ma’muriyatining Grenlandiyaga tashrifi xalqaro janjalga sabab bo‘ldi

Grenlandiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida siyosiy taranglik kuchaymoqda. Donald Tramp Shimoliy Amerika va Yevropa o‘rtasida joylashganligi sababli strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Arktika orolini nazorat qilish istagini yana bir bor bildirdi. Grenlandiya Daniyaga tegishli bo‘lishiga qaramay, Amerika delegasiyasi orolga bordi.

AQSh vise-prezidenti J.D.Vens bugun Grenlandiyada kutilmoqda. Uning tashrifi norozilik to‘lqiniga sabab bo‘ldi.

“Biz tasdiqlay olamizki, hech kim, na shaxsiy, na rasmiy ravishda AQSh delegasiyasini taklif qilmagan”, — dedi Grenlandiya hukumati.


Muvaqqat hukumat rahbari Mute Egede ham keskin javob berdi: "Biz Grenlandiyaning anneksiyasi va nazorati haqidagi takroriy bayonotlarni qabul qila olmaymiz".

Venc AQShning Pituffik harbiy bazasiga tashrif buyurish va "xavfsizlik holatini tekshirish" niyatida ekanligini aytdi, chunki "ko‘plab davlatlar Grenlandiya va uning suv yo‘llariga tahdid solmoqda". Biroq orol rasmiylari tashrif dasturini keskin qisqartirdi: xususan, Amerika vakillarining poytaxt Nuukga tashrifi bekor qilindi.

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Vashingtonning harakatlarini “qabul qilib bo‘lmaydigan bosim” deb atadi. “Ushbu tashriflar Grenlandiyaliklarning ehtiyojlari va istaklarini inobatga olinmagani aniq”, dedi u.

Kiritildi: 15:28 28.03.2025. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!