AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tadbirkor Tomas Barrakni Qo‘shma shtatlarning Turkiyadagi elchisi lavozimiga taklif qilganini yozdi.
Shunday qilib, milliarder Tramp bilan birga yangi ma’muriyatda ishlaydigan milliarderlar soni o‘n nafarga yetdi.
Trampning ta’kidlashicha, Barrak o‘ttiz yil davomida xususiy investisiya kompaniyasini muvaffaqiyatli boshqargan.