Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Ukraina bo‘yicha maxsus vakil Kit Kellog prezident Donald Trampni Moskvaga, ayniqsa, hududiy talablar masalasida ehtiyotkorlik bilan va qat’iy yondashishga undamoqda. Ular Trampdan Rossiyaga nisbatan keskinroq pozisiya tutishni talab qilmoqda.
"Boshqa tomondan esa, so‘nggi oylarda bir necha bor Rossiyaga safar qilgan Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakil Stiv Uitkoff “Moskva urushni to‘xtatishga tayyor” deb hisoblamoqda va bu nuqtayi nazarni Tramp ham qo‘llab-quvvatlamoqda", deya qayd etdi WSJ.
Nashrning yozishicha, bu qarama-qarshiliklar Rossiyaning Sumi shahriga uyushtirgan raketa hujumidan so‘ng yuzaga chiqqan. Ushbu hujum oqibatida 35 kishi halok bo‘lgandi.
Tramp bu hodisani “xato” deb atagan bo‘lsa, Kellog raketa hujumini “har qanday odob va axloq me’yorlarini buzuvchi harakat” deb baholagan, Rubio esa uni “dahshatli” va “fojiali” deb atagan.
"Shunga qaramay, Rossiyaga nisbatan keskin choralarni talab qilayotgan Tramp ma’muriyatidagi amaldorlar ham AQSh prezidentining urushni tugatishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlaydi", deya qo‘shimcha qildi .l