Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp ma’muriyati yuqori martabali ukrainalik harbiylar va hukumat amaldorlariga tahdid qildi

Tramp ma’muriyati yuqori martabali ukrainalik harbiylar va hukumat amaldorlariga tahdid qildi

Tramp ma’muriyati yuqori martabali ukrainalik harbiylar va hukumat amaldorlariga tahdid qilib, Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga (NQIZ) hujumlarni to‘xtatishni talab qildi

Kyiv Independent nashrining ikki ukrainalik amaldorga tayanib xabar berishicha, ularning amerikalik hamkasblari agar Tramp tomonidan e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi vaqtida Rossiya energetika infratuzilmasiga zarba berilsa, Vashington Kiyevni javobgarlikka tortishini ochiq-oydin bildirgan.

"Amerikaliklar Ukrainaning barcha yuqori martabali harbiy amaldorlariga qo‘ng‘iroq qilib, tahdid qilishdi. Ular hammaga razvedka ma’lumotlari almashinuvini ham, qurol haridi dasturini (PURL) ham to‘xtatishlarini aytishmoqda", — dedi ukrainalik amaldorlardan biri Kyiv Independent'ga.

Bir necha yuqori martabali ukrainalik amaldorlar Kiyev Trampning 11 oktyabrdagi o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bayonoti to‘g‘risida oldindan xabardor qilinmaganini ma’lum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bayonotdan so‘ng, ukrainalik amaldorlarga o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishga majburlash va Rossiya NQIZlariga zarba berishdan tiyilishlari uchun bosim o‘tkazila boshlangan.

Boshqa bir amaldorning aytishicha, Ukraina prezidenti ofisi rahbarining harbiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Pavel Palisa va Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Mixail Drapatiyga Vashington tomonidan qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan. Palisa Tramp ma’muriyatidan tahdidlar olganini tasdiqladi.

Kiritildi: 22:14 12.10.2026. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!