Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp ma’muriyati davrida AQSh 175 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildi

Tramp ma’muriyati davrida AQSh 175 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildi

Bu haqda AQSh Davlat departamentiga tayanib Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu chora “viza shartlarini buzgan, jinoyat sodir etgan, AQSh fuqarolariga nisbatan zo‘ravonlikka chaqirgan, amerikaliklarni firibgarlik yo‘li bilan aldagan, immigrasiya tizimini suiiste’mol qilgan yoki milliy xavfsizlikka tahdid solgan” xorijliklarga nisbatan qo‘llangan.

Davlat departamentiga ko‘ra, aksariyat vizalar huquq-tartibot idoralari bilan bog‘liq holatlardan so‘ng bekor qilingan. Bunga fuqarolarga hujum qilish, mast holda mashina boshqarish, o‘g‘rilik va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar asosiy sabab bo‘lgan.

Vizasi bekor qilinganlar orasida zo‘rlash, jinsiy tajovuz, odam o‘g‘irlash, odam savdosi va bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik tasvirlangan o‘ndan ortiq materialni saqlashda ayblangan shaxslar ham bor. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarga “tug‘uruq turizmi” maqsadi bilan kelgani aytilgan 100 dan ortiq ota-onaning ham vizasi nollashtirilgan.

"Vizalarning bekor qilinishi Tramp 2025 yilda Oq uyga qaytganidan so‘ng boshlangan keng ko‘lamli immigrasiya cheklovlarining bir qismidir. O‘shanda hatto amaldagi vizasi bor muhojirlar ham deportasiya qilingandi. Ma’muriyat, shuningdek, viza berish tartibini qat’iylashtirib, arizachilarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari hamda daromadlarini tekshirishni kuchaytirgan", deyiladi Reuters xabarida.

Kiritildi: 14:22 11.08.2026. O'qildi: 1307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!