Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp ma’muriyati 2028 yilgi prezidentlikka Vens va Rubioni asosiy nomzodlar sifatida ko‘rib chiqmoqda

Tramp ma’muriyati 2028 yilgi prezidentlikka Vens va Rubioni asosiy nomzodlar sifatida ko‘rib chiqmoqda

Tramp ma’muriyatidagi amaldorlar Jey Di Vens va Marko Rubioni 2028 yilgi navbatdagi prezidentlik saylovi uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Semafor nashri yozmoqda deya xabar berdi 23.5° burchak ostida kanali

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, vise-prezident va davlat kotibi yaxshi munosabatda, biroq Vensga yaqin manbalar ikki siyosatchi o‘rtasidagi do‘stlikni hisobga olib, ular saylovda bir-biriga raqib bo‘lishi ehtimolini tasavvur qila olmayapti.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Jey Di Vensni o‘zidan keyin davlat rahbari lavozimiga nomzod sifatida ilgari surishni nazarda tutgan. Tramp shuningdek, Rubioni ham tilga olib, uni “a’lo darajadagi” siyosatchi deb atagan.

Kiritildi: 22:04 08.05.2025. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!