AQSh prezidenti Donald Tramp va Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘tgan hafta telefon orqali suhbat o‘tkazishgan. Bu haqda The New York Times gezitasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Suhbat davomida ular AQShda ikki mamlakat rahbarlarining ehtimoliy uchrashuvi imkoniyatini muhokama qilgan, biroq hozircha bunday uchrashuvni o‘tkazish rejasi mavjud emas.
🇺🇸 Telefon suhbati AQSh Davlat departamentining Cartel de los Soles («Quyoshlar karteli»)ni «xorijiy terrorchilik tashkiloti» sifatida tan olish qarori qabul qilinishiga bir necha kun qolganda bo‘lib o‘tgan. AQSh hokimiyatlari Nikolas Maduroni ushbu kartel rahbari deb hisoblaydi.
AQSh Karib dengizi hududidagi harbiy mavjudligini kuchaytirishda davom etmoqda. Buning sababi sifatida Vashington Venesuela hukumatini giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi yetarlicha faol kurashmayotganlikda ayblamoqda. AQSh harbiy-dengiz kuchlari Karib hududiga dunyodagi eng yirik avianoses — USS Gerald R. Ford boshchiligidagi zarba guruhini, atom zeriur bazuvchi kemani va 16 mingdan ortiq harbiy xizmatchilarni joylashtirdi.
Sentyabrdan buyon AQSh Qurolli Kuchlari ushbu mintaqa hududida kamida 20 ta tez yuruvchi katerni cho‘ktirgan, natijada 80 dan ortiq odam halok bo‘lgan.