Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp kutilmagan suratlarni e’lon qildi

Tramp kutilmagan suratlarni e’lon qildi

Tramp Kanada va Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi aks etgan suratlarni e’lon qildi.

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan rasmni joylashtirdi. Suratda prezident Grenlandiya hududiga AQSh bayrog‘ini o‘rnatayotgan holatda tasvirlangan. Trampning yonida vise-prezident Vens va davlat kotibi Rubio ham aks etgan.

Shuningdek, ushbu rasmda "Grenlandiya. 2026 yildan boshlab — AQSh hududi", degan yozuvni ham ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, AQSh prezidenti yana bir post e’lon qildi. Unda Tramp Oq uyning Oval kabinetida Yevropa yetakchilari qurshovida tasvirlangan. Orqa fonda esa AQSh xaritasi joylashgan bo‘lib, unda Kanada, Grenlandiya va Venesuela hududlari ham AQSh bayrog‘i ko‘rinishida tasvirlangan.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!