Donald Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning siyosati mamlakatni boshi berk ko‘chaga kiritayotganini ta’kidladi. Xitoyga uchib ketish oldidan Oq uyda jurnalistlarga intervyu bergan Tramp bosh vazirga Shimoliy dengizda neft qazib olishni ochishni va migrasiya nazoratini kuchaytirishni maslahat berdi.
Uning fikricha, Britaniya dunyodagi eng yirik neft konlaridan biriga ega, ammo undan foydalanmayapti va "shamol tegirmonlari" sababli o‘z iqtisodiyotini vayron qilmoqda.
Tramp, shuningdek, butun Yevropa kabi Britaniya ham migrasiyadan qattiq jabr ko‘rayotganini qo‘shimcha qildi. Bosh vazirning iste’fosi haqidagi savolga javoban Tramp bu qaror Starmerning o‘ziga bog‘liqligini, biroq uni energetika masalasidagi xatolari xonavayron qilishi haqida avvaldan ogohlantirganini aytdi.