Qayd etilishicha, Tramp qisqartirishga mashg‘ulotlar qimmatga tushishi va Seulning Eronga qarshi harakatlarda ishtirok etishdan bosh tortganini sabab qilib ko‘rsatgan.
"Kim Chen In bilan juda yaxshi munosabatlarimdan kelib chiqib, AQSh Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etishga allaqachon rozi bo‘lgani meni qoniqtirmaydi. Ushbu mashg‘ulotlar nafaqat qimmatga tushadi, bu xarajatlarning katta qismi AQSh tomonidan qoplanadi (odatdagidek!), balki Donald J. Tramp prezidentlik qilgan davrda tahdid solmagan va hurmatda bo‘lgan mamlakatga mutlaqo noo‘rin va dushmanona signal yuboradi", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
17–27 avgust kunlariga rejalashtirilgan Ulchi Freedom Shiyeld mashg‘ulotlarida Janubiy Koreyaning 18 mingga yaqin harbiy xizmatchisi ishtirok etishi kerak edi. Janubiy Koreya Qo‘shma shtab boshliqlari mashg‘ulotlar bugun, 17 avgust kuni rejalashtirilganidek boshlanganini ma’lum qilgan.