Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Tramp «Isroilni yana buyuk qilaman» dedi

A A A
Tramp «Isroilni yana buyuk qilaman» dedi

AQShning sobiq prezidenti payshanba kuni 2024 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari uchun o‘z kampaniyasi tomonidan uyushtirilgan tadbirda Qo‘shma Shtatlar va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirdi.

«Biz Isroilni yana buyuk qilmoqchimiz», dedi Tramp va u o‘zini «Isroildagi eng mashhur odam» ekanligini va «bosh vazirlikka nomzodini qo‘yishi mumkin»ligini qo‘shimcha qildi.

«Meni bosh vazir bo‘lishimni xohlaysizmi?» deb so‘radi u Vashingtondagi tadbirda yig‘ilganlardan.

Tramp, shuningdek, prezidentligi davrida Isroilni qo‘llab-quvvatlagani, jumladan, AQSh Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olgani va ishg‘ol qilingan Golan tepaliklari ustidan Isroilning suverenitetini tan olgani haqida gapirdi.

U, shuningdek, unga Isroil uchun qilgan «eng yaxshi ish»i Eron yadroviy bitimini bekor qilgani aytilganini ma’lum qildi va 2015 yilgi kelishuvni «Isroil uchun qilingan eng yomon kelishuv» deb ta’rifladi.

Kiritildi: Bugun 17:36. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!