Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp: Isroil Eron bilan ehtimoliy kelishuvdan mamnun bo‘ladi

Tramp: Isroil Eron bilan ehtimoliy kelishuvdan mamnun bo‘ladi

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan muloqotda Eron bilan ehtimoliy sulh kelishuvi va uning oqibatlari haqida fikr bildirdi.

Jurnalistning Isroil bunday kelishuvga amal qilish- qilmasligi haqidagi savoliga javoban, Tramp Isroil bu kelishuvdan mamnun bo‘lishini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, AQSh tomoni yaqinda Isroil bilan muzokaralar o‘tkazgan va u yerda bu masala muhokama qilingan. Trampga ko‘ra, Isroil ushbu ehtimoliy kelishuvni ijobiy qabul qilgan.

“Menimcha, ular juda xursand bo‘lishdi. Bu Isroil uchun tinchlik, uzoq muddatli tinchlik, kafolatlangan tinchlik bo‘ladi”, — dedi u.

Shu bilan birga, Tramp bunday ssenariy yuz berishiga to‘liq kafolat berolmasligini, ammo bu ehtimol yuqori ekanini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 20:37. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!