Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp ikkilamchi sanksiyalar bilan yana Eronga tahdid qildi

Tramp ikkilamchi sanksiyalar bilan yana Eronga tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar ketayotgan paytda Tehronga bosimni kuchaytirmoqda. Qo‘shma Shtatlar hukumati Eron neftining har qanday xaridoriga qarshi ikkinchi darajali sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Oq uy rahbari 1 may, payshanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

«Hozir Eron nefti yoki neft-kimyo mahsulotlarini barcha xaridlar to‘xtatilishi kerak! Erondan neft yoki neft-kimyo mahsulotini har qanday miqdorda sotib olgan davlat yoki jismoniy shaxs darhol ikkinchi darajali sanksiyalarga duchor bo‘ladi», deb yozgan Tramp.

«Ular (kompaniyalar va jismoniy shaxslar)ga Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan har qanday shaklda biznes yuritish taqiqlanadi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Xitoy Eron neftining eng yirik xaridori hisoblanadi, deya xabar beradi dpa agentligi.

Kiritildi: 10:49 02.05.2025. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!