Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini blokada qilish boshlanishini e’lon qildi

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini blokada qilish boshlanishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari va ittifoqchilari Hormuz bo‘g‘ozini blokada qilishni boshlashini ma’lum qildi.

U Truth Socialda yozishicha, AQSh dengiz kuchlari bo‘g‘ozga kirish yoki undan chiqishga urinayotgan barcha kemalarni nazorat ostiga oladi.

Trampning ta’kidlashicha, blokada yaqin vaqt ichida boshlanadi va unda boshqa davlatlar ham ishtirok etadi.

Shuningdek, u AQSh harbiy-dengiz kuchlariga Eronga bo‘g‘ozdan o‘tish uchun to‘lov qilgan kemalarni xalqaro suvlarda izlash va ushlab qolish bo‘yicha topshiriq berilganini aytdi.

«Noqonuniy to‘lov to‘lagan hech bir kema ochiq dengizda xavfsiz harakat qila olmaydi», — dedi Tramp.

Bu bayonot mintaqadagi keskinlik yanada kuchayishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni oshirmoqda.

Kiritildi: 22:17 12.04.2026. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!