Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Hegsetni "kurashni davom ettirishga" undadi

Tramp Hegsetni "kurashni davom ettirishga" undadi

"AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda Pentagon rahbari Pit Hegset bilan telefon orqali suhbatlashganda, vazirning Signal messenjeri chatida rafiqasi, ukasi va advokatiga Yaman husiylariga qarshi zarba berish haqidagi ma’lumotni yuborganini ma’qullamasligini bildirgan", deya xabar qilmoqda NBC News telekanali manbalariga tayanib.

Manbalarning ma’lum qilishicha, Tramp Hegsetning bu ishini "bolalarcha xatti-harakat" deb atagan, ammo suhbat yakunida unga "kurashni davom ettirishni" maslahat bergan.

Qayd etilishicha, Pentagon rahbari prezident uni “faol jangchi” sifatida ko‘rishini istaydi, shu bois u ommaviy chiqishlarga, xususan televideniyedagi ko‘rsatuvlarga ko‘proq e’tibor qarata boshlagan.

Ismini oshkor etmagan amerikalik amaldorlarga ko‘ra, Pentagondan axborot sizib chiqishi bilan bog‘liq mojarolar tufayli Hegset "kutilmagan xatti-harakatlar" qilmoqda, Tramp ma’muriyatidagi ayrim racmiylar esa uning faoliyati hamda lavozimiga nisbatan "ishonchsizlik" bildirmoqda.

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Pit Hegset o‘z rafiqasi, ukasi va advokati ishtirok etgan Signal messenjeridagi guruh chatiga Yamandagi husiylarning pozisiyalariga berilgan zarbalar haqidagi batafsil ma’lumotlarni yuborgan. Nashrning ta’kidlashicha, bu ma’lumotlar The Atlantic bosh muharriri Jeffri Goldberg tasodifan qo‘shilib qolgan boshqa chatda almashilgan ma’lumotlar bilan deyarli bir xil bo‘lgan.

National public radio manbalarining xabar berishicha, aprel oyi o‘rtalarida Tramp ma’muriyati yangi mudofaa vazirini izlashni boshlagan. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt esa bu ma’lumotni "soxta xabar" deb atagan.

Kiritildi: 01:10 28.04.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!