Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tramp HAMAS terrorchilariga «do‘zax» va «AQSh tarixidagi eng yomon zarba» bilan tahdid qildi

Tramp HAMAS terrorchilariga «do‘zax» va «AQSh tarixidagi eng yomon zarba» bilan tahdid qildi

Kelgusi oy o‘z lavozimiga kirishadigan AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp HAMAS terror guruhi haqida keskin bayonot berdi.

Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida 20 yanvar kuni inaugurasiyasiga qadar terrorchilar barcha garovga olinganlarni ozod qilishlari kerakligini aytdi. Aks holda, ular «Yaqin Sharqdagi do‘zax» va «AQSh tarixidagi eng og‘ir zarba»ga duch kelishlarini aytdi.

«Hozir garovga olinganlarni ozod qiling», deb yozgan Tramp aks holda Qo‘shma Shtatlar jangarilar pozisiyalariga misli ko‘rilmagan kuch bilan javob qaytarishini qo‘shimcha qildi.


2023 yil 7-oktabrda Xamasning Isroilga hujumidan beri 100 ga yaqin odam asirlikda qolmoqda. Ular orasida Isroil fuqarolari, shuningdek, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlar fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslar ham bor. Jo Bayden ma’muriyatining XAMAS bilan sulh va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishga urinishlari hozircha muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Kiritildi: 01:02 04.12.2024. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!