AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiya atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq kelishmovchiliklar sabab ayrim Yevropa davlatlariga nisbatan 10 foiz miqdorida bojxona bojlari joriy etilishini ma’lum qildi.
Trampning ta’kidlashicha, bu qaror Yevropa davlatlarining Grenlandiya masalasidagi pozisiyasi va AQSh manfaatlariga zid harakatlariga javob sifatida qabul qilingan. U Vashington o‘z iqtisodiy va strategik manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini bildirdi.
Yangi bojlar Yevropa–AQSh iqtisodiy munosabatlarida keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin.