Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Tramp “Eronning iltimosiga ko‘ra” uning elektr stansiyalariga zarba berishni 10 kunga qoldirganini bildirdi

Tramp “Eronning iltimosiga ko‘ra” uning elektr stansiyalariga zarba berishni 10 kunga qoldirganini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron energetika infratuzilmasiga zarba berishni yana 10 kunga, 6 aprelgacha, kechiktirdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Ushbu bayonotni elektr stansiyalarini yo‘q qilish muddatini 10 kunga, ya’ni 2026 yil 6 aprel, dushanba kuni sharqiy vaqt bilan soat 20:00 ga qadar to‘xtatib turishimning tasdig‘i sifatida qabul qilishingizni so‘rayman. Bu qaror Eron tomonining iltimosiga ko‘ra qabul qilindi. Muzokaralar davom etmoqda, feyk ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalarning noto‘g‘ri bayonotlariga qaramay, ular juda yaxshi o‘tmoqda", — deb yozdi Oq uy rahbari.

Avvalroq AQSh prezidenti agar Eron Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan neft va gaz tashiladigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasini bekor qilmasa, energetika obektlariga zarba berish bilan tahdid qilgandi.

Dastlab Oq uy belgilagan ultimatum muddati 28 mart kuni tugashi kerak edi. Biroq 23 martdayoq Tramp muzokaralar uchun zarbalarni besh kunga kechiktirganini aytdi. Tehron esa Vashington bilan muzokaralar olib borilayotganini rad etmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!