Tramp Eronni yana muzokaralar yaxshi yakunlanmasa og‘ir oqibatlar bilan ogohlantirdi.
"Eron bilan nima qilishimni sizga ayta olmayman. U yerda Venesueladagidan ko‘ra ko‘proq ulkan kuchimiz bor va ular tez orada u yerga kelishadi. Kelishuvga erishishdan xursand bo‘lardim. Biz Eron bilan muzokaralar olib bormoqdamiz va agar biror narsaga erisha olsak, bu ajoyib bo‘lar edi. Agar bunday bo‘lmasa, ehtimol yomon narsa yuz beradi. Biz yadroviy qurollar haqida gapiryapmiz. U yerga eng katta va eng yaxshi katta kemalarimiz bor. Ko‘ramiz, nima bo‘ladi" - dedi Tramp.
Tramp Eronga yo‘l olgan ulkan AQSh kuchlari tez orada mintaqaga yetib borishini qo‘shimcha qildi.