Tehron AQShga hujum qilishga qaror qilsa, AQSh armiyasi Isroil va Eron o‘rtasidagi janglarga qo‘shiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida aytib o‘tdi.
"Agar Eron bizga qandaydir tarzda hujum qilsa, AQSh Qurolli kuchlarining to‘liq kuchi ularning ustiga tushadi", – deb yozadi Oq uy rahbari.
Amerika rahbari, shuningdek, agar Eron va AQSh o‘rtasida jangovar harakatlar boshlansa, Tehron misli ko‘rilmagan darajada harbiy harakatlarga duch kelishini ta’kidladi.