Axios manbalariga ko‘ra, Donald Tramp yaqin kunlarda Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlash haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Xabarda aytilishicha, ayrim AQSh va Isroil rasmiylari diplomatik muzokaralar to‘xtab qolsa, Tramp shu haftaning o‘zidayoq urushni qayta boshlashga buyruq berishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Ma’lum qilinishicha, vaziyat diplomatik yechim topilmagan taqdirda yanada keskinlashishi mumkin.