AQSh prezidenti Donald Tramp shu hafta ichida Eronga qarshi harbiy operasiyani qayta tiklash to‘g‘risida farmoyish berishi mumkin. Bu haqda Axios portali AQSh va Isroildagi yuqori martabali mulozimlarga tayanib xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, agar ikki mamlakat o‘rtasidagi mavjud «diplomatik boshi berk ko‘cha»dan chiqish yo‘li topilmasa, voqealar rivoji shunday tus olishi ehtimoli yuqori.