Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Eron neftini sotib oluvchi davlatlarga sanksiyalar bilan tahdid qildi

Tramp Eron neftini sotib oluvchi davlatlarga sanksiyalar bilan tahdid qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp barcha mamlakat va kompaniyalarni Eron nefti hamda neft-kimyo mahsulotlarini xarid qilishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bu talabga amal qilmagan har qanday davlat yoki shaxs “ikkilamchi sanksiyalar”ga duch keladi.

Tramp, shuningdek, bunday harakatni amalga oshirganlarga AQSh bilan “har qanday shaklda yoki ko‘rinishda” biznes yuritish taqiqlanishini ta’kidladi.

Bu bayonot AQSh va Eron o‘rtasidagi yadroviy muzokaralarning navbatdagi bosqichi mavhum muddatga kechiktirilgani fonida yangradi. Eron rasmiysining Reuters'ga bildirishicha, muzokaralarning yangi sanasi Qo‘shma Shtatlarning yondashuviga bog‘liq bo‘ladi. U AQSh tomonidan sanksiyalar qo‘llanishi diplomatik yechimga yetishishga xalal berayotganini ta’kidlagan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron hali ham yadroviy dastur bo‘yicha qarama-qarshiliklarni muzokaralar orqali hal qilish tarafdori ekanini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 14:34 02.05.2025. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!