AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan munosabatlarda vaziyatni hal qilish uchun vaqti yetarli ekanini bildirdi.
Jurnalist undan Eron bilan munosabatlarda qaysi nuqtadan keyin orqaga yo‘l qolmasligini so‘raganida, Tramp: «Menda vaqt ko‘p, ha», — deb javob berdi.
Trampning bu bayonoti AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib turgan bir paytda yangradi.