AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar yuzasidan hozircha aniq kelishuvga erishilmaganini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida muloqotlar davom etmoqda va ijobiy natijaga erishish ehtimoli mavjud. Biroq hozircha rasman tasdiqlangan kelishuv yo‘q.
Tramp shu bilan birga, muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, bu nafaqat AQSH, balki mintaqadagi davlatlar, jumladan Isroil uchun ham uzoq muddatli tinchlikka xizmat qilishi mumkinligini ta’kidladi.
Mutaxassislar fikricha, Eron bilan muzokaralar natijasi Yaqin Sharqdagi vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.