AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan mumkin bo‘lgan kelishuvga ochiqligini bildirdi.
Amerika yetakchisi o‘z pozisiyasini Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirgan.
Uning ta’kidlashicha, tomonlar ushbu mavzu bo‘yicha allaqachon muzokaralarni boshlagan.
"Aytgancha, Eron kelishuvga erishmoqchi. Sizga shuni ayta olamanki, ular kelishuvga erishmoqchi. Men bunga mutlaqo ochiqman. Biz bu jarayonni boshlash uchun ular bilan muzokaralar olib bormoqdamiz", - dedi Tramp.