Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Daniya bosh vaziri bilan agressiv ohangda suhbat o‘tkazdi — Financial Times

Tramp Daniya bosh vaziri bilan agressiv ohangda suhbat o‘tkazdi — Financial Times

Nashrning xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan o‘tkazilgan telefon muloqotida Grenlandiyani sotib olish niyati jiddiy ekanini bildirgan. Daniya hukumati rahbari bunga javoban garchi Vashington tomonidan "kuchli qiziqish" bo‘lsa ham, orolni sotish imkonsizligini aytgan.

"Ushbu qo‘ng‘iroq haqida xabardor bo‘lgan Yevropa Ittifoqining besh nafar amaldagi va sobiq yuqori martabali amaldorlari suhbat juda yomon ohangda o‘tganini aytishdi. Frederiksen AQSh bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligini bildirganiga qaramay, Donald Tramp o‘ta yomon kayfiyatda bo‘lgan va o‘zini agressiv tutgan", deb yozadi Financial Times.

Nashrning taxmin qilishicha, Tramp va Frederiksen o‘rtasidagi suhbat tafsilotlari "Trampning hokimiyatga qaytishi transatlantik munosabatlardagi taranglikni har qachongidan ham kuchaytirishi mumkin", degan xavotirlarni oshiradi.

AQSh prezidenti Daniya Grenlandiyani sotishdan bosh tortsa, mamlakatga qarshi maxsus choralar, masalan, ayrim mahsulotlarga oshirilgan bojlar joriy qilish bilan tahdid qilgan.

Kiritildi: 14:36 25.01.2025. O'qildi: 1371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!