Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp: Charli Kirk qotilligida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Tramp: Charli Kirk qotilligida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Konservativ faol Charli Kirk qotilligida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Fox efirida ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, unga bu ma’lumotni intervyudan taxminan besh daqiqa oldin xabar qilishgan.

O‘ylaymanki, biz uni katta ehtimol bilan hibsga oldik, — dedi Tramp.

"Umid qilamanki, unga o‘lim jazosi beriladi", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Shuningdek, Amerika yetakchisi qotillikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga olishda u bilan «juda yaqin» bo‘lgan odam yordam berganini ochiqladi.

Kiritildi: 21:40 12.09.2025. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!