Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zga chiqqan AQSh prezidenti Donald Tramp keyinroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishini e’lon qildi.
"Ukraina va Rossiya juda ko‘p odamlarini yo‘qotdi. Men prezident Putin bilan muloqot qilyapman va, menimcha, u kelishuv tuzishni istaydi. Men prezident Zelenskiy bilan ham muloqotdaman va, menimcha, u ham kelishuvga tayyor. Men bugun Zelenskiy bilan uchrashaman. Balki u hozir shu zalda bo‘lishi ham mumkin. Bu urushni to‘xtatish kerak, chunki juda ko‘p odamlar behuda halok bo‘lyapti. Meni bu masalaga qiziqtirayotgan yagona sabab ham shu", — dedi Tramp.