AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning sobiq rahbari Jo Baydenga saraton tashxisi qo‘yilgani haqidagi xabardan qayg‘uda ekanini aytdi.
"Melanya va men Jo Baydenning tibbiy tashxisi haqidagi xabardan qayg‘udamiz," - deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Shuningdek, RIA Novosti xabariga ko‘ra, AQShning amaldagi prezidenti o‘zidan oldingi prezidentga tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.
"Biz Jill va uning oilasiga eng iliq va eng yaxshi tilaklarimizni bildiramiz, Joga esa tezroq va muvaffaqiyatli sog‘ayib ketishini tilaymiz," - deyiladi nashrda.