AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp amaldagi rahbar Jo Baydenni AQShda hokimiyatni topshirish jarayonini qiyinlashtirayotganlikda aybladi.
"U hokimiyatni topshirishni imkon qadar qiyinlashtirish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilmoqda — misli ko‘rilmagan huquqiy ziddiyatlardan tortib, bema’ni farmonlar chiqarishgacha", — deb yozdi AQShning saylangan prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.