AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Bloombergga bergan intervyusida Bayden ma’muriyatining siyosati Xitoy, Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyani yaqinlashuviga olib kelganini aytdi.
«Bayden ahmoq odam. U Rossiya va Xitoyni turmush qurishga majbur qildi. Ular turmush qurdi. Keyin ular kichik amakivachchalari Eronni, keyin esa Shimoliy Koreyani qabul qilishdi. Ularga endi boshqa hech kim kerak emas», dedi Tramp.
Tramp hozirgi dunyoni juda xavfli deb hisoblaydi va AQSh saylovlari fonida kelayotgan oylar haqida xavotirlarini bildirdi.
Baydenni «qobiliyatsiz»ligini aytib, «Ha, menimcha, bu uchinchi jahon urushi bilan yakunlanishi mumkin», deb ogohlantirdi Tramp.