Jo Baydenning o‘g‘li Xanterni afv etish haqidagi qarori adolatni suiiste’mol qilish va buzishning yorqin namunasidir.
Bu haqda AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
"Jo Xanterga berilgan afv bir necha yildan beri qamoqda o‘tirgan 6 yanvardagi "garovga olinganlar"ni ham o‘z ichiga oladimi? Bu adolatni suiiste’mol qilish va buzishdir!" - deb yozdi Tramp.
6 yanvar kuni "garovga olinganlar" deganda u 2021 yil 6 yanvardagi Kapitoliy shturmi ishtirokchilarini nazarda tutadi.
Saylangan prezident va uning tarafdorlarining ta’kidlashicha, ularning ba’zilari siyosiy mahbuslar sifatida adolatsiz sud ta’qibiga uchragan.