Bugun 5 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp AQShning Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha operasiyasi fonida Ukrainadagi urushni “o‘ta oddiy” deb atadi

Tramp AQShning Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha operasiyasi fonida Ukrainadagi urushni “o‘ta oddiy” deb atadi

"Biz bu murakkab ishni amalga oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bera olmasdik. Kerak bo‘lsa, biz buni yana qila olamiz. Bizni hech kim to‘xtata olmaydi. Hech kim biz kabi qudrat va imkoniyatlarga ega emas. Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan, cho‘zilib ketgan urushni ko‘rib turibman, odamlar halok bo‘lyapti. Bu dahshatli", — dedi AQSh prezidenti.

Shuningdek, Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela hukumatining aksariyat a’zolari allaqachon AQSh tomoniga o‘tgan.

"Agar ular Maduroga sodiq qolsa, ularni juda yomon kelajak kutadi. Aytishim mumkinki, ularning ko‘pchiligi allaqachon AQSh tomoniga o‘tgan", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Kiritildi: 21:35 03.01.2026. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!