20 yanvar kuni lavozimga kirishgan AQSh prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatish dasturlarini 90 kunga vaqtinchalik to‘xtatib turish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda AP xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yordam ko‘rsatilishi yangi ma’muriyatning siyosiy maqsadlariga mos keladimi yoki yo‘qligini aniqlash uchun audit o‘tkaziladi.
«Qo‘shma Shtatlardan boshqa hech qanday xorijiy yordam AQSh prezidentining tashqi siyosatiga to‘liq mos kelmaydigan tarzda taqdim etilmaydi», dedi Tramp.
AP xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning tashqi yordami umuman olganda, byudjetning 1 foizidan ko‘p bo‘lmagan. Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kabi alohida holatlar bundan mustasno.