Prezident xalqqa murojaat bilan chiqib, o‘z ma’muriyatining yutuqlari haqida gapirdi.
▪️Bir yil oldin AQSh "o‘lgan" edi, hozir esa dunyodagi eng zo‘r mamlakatga aylandi.
▪️11 oy ichida hukumat AQSh tarixidagi boshqa ma’muriyatlarga qaraganda ko‘proq yutuqlarga erishdi.
▪️AQShga dengiz orqali kirib keladigan giyohvand moddalar oqimi 94 foizga kamaydi.
▪️Amerika armiyasi dunyodagi eng qudratli armiyaga aylandi.
▪️AQSh chegarasi mamlakat tarixidagi eng himoyalangan chegara bo‘ldi.
▪️AQSh so‘nggi 50 yil ichida birinchi marta muhojirlarning mamlakatdan chiqib ketishini kuzatmoqda.
Bundan avval jurnalist Taker Karlson Oq uy rahbari bugungi murojaatida go‘yo Venesuelaga qarshi urush e’lon qilinishini aytgan edi. Biroq bu to‘g‘risida gap bo‘lmagan.