Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp AQShni 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqarish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi — Oq uy

Tramp AQShni 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqarish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi — Oq uy

Xabar berilishicha, AQSh chiqadigan tashkilotlardan 31 tasi BMT shafeligida, 35 tasi esa ushbu xalqaro tashkilotdan tashqarida faoliyat yuritadi. Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, ularning barchasi “endi AQSh manfaatlariga xizmat qilmaydi”.

AQSh chiqadigan tashkilotlarning to‘liq ro‘yxati Oq uy saytida e’lon qilindi. Ro‘yxatda, jumladan, quyidagilar bor:

◾️ Ukraina Ilmiy-texnologik markazi — ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini oldini olishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan;

◾️ Venesiya komissiyasi;

◾️ BMT bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalasi bo‘yicha maxsus vakili ofisi;

◾️ BMT Demokratiya jamg‘armasi.

AQSh davlat kotibi Marko Rubioning bayonotida aytilishicha, Donald Tramp ma’muriyati mamlakat a’zoligi to‘xtatilayotgan tashkilotlarni “isrofgarchilikka yo‘l qo‘yadigan, samarasiz, zararli”, “yomon boshqariladigan”, “ortiqcha” yoki “AQShning davlat suverenitetiga, erkinliklariga va umumiy farovonligiga tahdid soluvchi” deb baholagan.

Kiritildi: 18:29 08.01.2026. O'qildi: 1098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!