AQSh prezidenti Donald Tramp mahalliy qurol ishlab chiqarishni tezlashtirishni buyurganini e’lon qildi.
Tramp bu bayonotni Vakillar palatasining Respublikachilar saylov qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan yillik mablag‘ yig‘ish tadbirida aytdi.
Eronga qarshi AQSh harbiy operasiyasiga ishora qilib, Tramp o‘z mamlakati ustun qurollarga ega ekanligini ta’kidladi.
“Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, men aytdim: ularni tezroq va ko‘proq miqdorda ishlab chiqaring, chunki biz bularning barchasini Amerikada ishlab chiqarishimiz kerak”, deb ta’kidladi u.
Shu oy boshida Oq uy ma’muriyati BAE Systems, Boeing, Honeywell Aerospace, L3Harris Missile Solutions, Lockheed Martin, Northrop Grumman va Raytheon kabi yetakchi qurol ishlab chiqaruvchilar vakillari qurol ishlab chiqarishni to‘rt baravar oshirishga rozi bo‘lganliklarini e’lon qildi.